10:14 / 19.07.2020
8586

Britaniya koronavirusdan o‘limlar statistikasini e'lon qilishni to‘xtatdi

Bunga Angliyadagi kunlik o‘limlar soni Birlashgan Qirollikning boshqa qismlaridagi ma'lumotlar bilan taqqoslaganda yanglishishlarga olib kelishi xavotiridir. Sog‘liqni saqlash vazirligi hisoblash usullarini qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Foto: Christopher Furlong / Getty Images

Buyuk Britaniya koronavirus infeksiyasi oqibatida ro‘y bergan o‘limlarning kunlik soni bo‘yicha statistikani e'lon qilishni vaqtinchaga to‘xtatadi. Bu haqda hukumat saytida xabar qilingan.

«Hozirgi kundagi kunlik statistika koronavirus testi musbat chiqqan barcha bemorlarning o‘limi bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi», deyiladi bayonotda. Shu bilan birgalikda, hukumatning qayd etishicha, test o‘tkazilgan vaqt va o‘lim qayd etilgan vaqt oralig‘i hisoblanmayapti, shu tufayli kunlik o‘limlarning aniq soni chalkashayotgan bo‘lishi mumkin.  Bu muammo hal qilinmaguncha kunlik o‘limlar sonini e'lon qilish to‘xtatib turiladi.

Reuters nashri xabar berishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Henkok o‘limlar sonini hisoblash metodlarini qayta ko‘rib chiqishga topshiriq bergan. Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash departamenti qoshidagi xodimlarning tadqiqoti xulosalarida Angliyada e'lon qilinayotgan kunlik o‘limlar soni Birlashgan Qirollikning boshqa qismlarida e'lon qilinayotgan holatlar bilan taqqoslaganda haddan tashqari ko‘pligi ma'lum bo‘lgach, vazir shunday qarorga kelgan.

Olimlarning aytishicha, koronavirusga testi musbat chiqqanlar «hatto ularda yurak xuruji yoki ularni avtobus urib ketganida ham» o‘limlar koronavirusdan o‘limlar statistikasiga kiritilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top