16:32 / 20.07.2020
9702

Saudiya Arabistoni podshohi shifoxonaga yotqizildi

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz o‘t pufagi yallig‘lanishi tufayli Ar-Riyoddagi shifoxonaga yotqizildi.

AFP Photo/Bandar AL-JALOUD

Saudi Press Agency ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda 84 yoshda bo‘lgan podshoh tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Salmon ibn Abdulaziz 1953 yilda, 18 yoshga to‘lganida podshoh vakili va Ar-Riyod amiri etib tayinlangan. Oradan o‘n yil o‘tgach u Ar-Riyod viloyati gubernatoriga aylangan va 2011 yilga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.

2011 yilda Salmon bin Abdulaziz Ol-Saud mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan, shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashi tarkibidan o‘rin olgan. Bir yildan kamroq vaqt ichida - 2012 yilning iyunida u merosxo‘r shahzoda va bosh vazir o‘rinbosariga aylangan.

U 2015 yilning yanvarida podshoh Abdulla vafot etgach, taxtga o‘tirgandi.

Top