18:18 / 21.07.2020
2821

2020 yilda 3535 nafar shaxs taraflar yarashgani bois jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan – Oliy sud raisi o‘rinbosari

Sudga oshirilgan 3337 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3535 nafar shaxs taraflar yarashganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Bu haqda 21 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov ma'lum qildi.

«Shu yili jinoiy javobgarlikka tortilib ishlari sudga oshirilgan 3337 ta jinoyat ishi bo‘yicha taraflar yarashganligi sababli 3535 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganini ham alohida ta'kidlashimiz lozim. Bu nimani bildiradi? Shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa bu nafaqat uning hayotiga, balki uning yaqinlari va farzandlarining kelajagiga ham ta'sir qiladi.

Lekin qonunchiligimizda shunday yarashuv instituti tatbiq qilinganki, biz taraflarga imkoniyat berayapmiz agar jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar o‘z vaqtida va to‘liq qoplangan taqdirda, shuningdek, jabrlanuvchining sudlanuvchiga nisbatan da'vosi bo‘lmasa, u birinchi marta jinoyat sodir qilayotgan bo‘lsa, yarashuv instituti qo‘llanib kelyapti.

Bu holat 2001 yilda amaliyotga kiritilgan bo‘lsa, bugungi kunda 226863 nafar shaxs xuddi shu tartibda jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan», deya Ikrom Muslimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda Oliy sud sudlov hay'atlari va viloyat sudlari har bir hudud kesimida qaysi turdagi jinoyat ko‘rsatkichlari oshgan bo‘lsa, buning sabablarini aniqlash va bartaraf qilish, shu turdagi jinoyatlar sonini kamaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 17 iyul kuni Oliy sudda bo‘lib o‘tgan respublika sudlarining 2020 yil birinchi yarmidagi faoliyatiga bag‘ishlangan kengaytirilgan rayosat yig‘ilishida mazkur masalalar muhokama qilinib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan.

2020 yilda 371 kishi, 2017 yildan buyon esa 2360 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlangan – Oliy sud raisi o‘rinbosari

Jarqo‘rg‘on va Gulistonda sud xodimlariga nisbatan kuch ishlatilishi holati yuzasidan Oliy sud raisi o‘rinbosari izoh berdi

Pandemiya davrida o‘g‘rilik, firibgarlik, bezorilik, qo‘shmachilik, fohishaxona saqlash jinoyatlari ko‘paygani ma'lum qilindi

Mavzuga oid
Top