08:57 / 21.07.2020
10736

Buxoroda o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan tashkil topgan guruh jinoyatga qo‘l o‘rdi

Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2020 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 00:10da 23 yoshli A.S. jinoiy sheriklari - 18 yoshli M.A., voyaga yetmagan 17 yoshli F.O., 16 yoshli A.I., B.K. hamda M.S. bilan bir guruh bo‘lib, Buxoro shahar Abay ko‘chasida turgan, 31 yoshli F.G‘.ga tegishli Damas rusumli avtomashinasining eshigini ochishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular avtomashina salonida bo‘lgan, uyali telefonni quvvatlagichini, hamyon ichida bo‘lgan 2.260 AQSh dollari va 500 Rossiya rublini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Bundan tashqari, A.S. va uning jinoiy sheriklari jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil 10 iyul kuni taxminan soat 00:40da Buxoro shahar Jo‘bor ko‘chasida turgan, 24 yoshli A.T.ga tegishli Damas rusumli avtomashinasini eshigini ochib, avtomashina ichida bo‘lgan 100.000 so‘mlik ko‘zoynagini yashirin ravishda o‘g‘irlab  hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tergov oldi tekshiruv harakatlari jarayonida gumon qilinuvchilardan o‘g‘irlangan 500 Rossiya rubli, hamyon, ko‘zoynak ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top