11:28 / 22.07.2020
26439

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i ishdan ketdi, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Muhammadzokir Mamatxonov bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.

Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.

Muhammadzokir Mamatxonov

Muhammadzokir Mamatxonov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998 – 2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016 – 2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. Mamatxonov 2018 yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Qayd etilishicha, Muhammadzokir Mamatxonov bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Baxtiyor Tursunov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Baxtiyor Tursunov

2019 yilning avgust oyida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining sobiq rahbari Ravshan Ibragimov va agentlikning sobiq amaldorlariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilingandi.

Top