20:09 / 22.07.2020
4713

XTV bu yilgi maktab bitiruvchilarining 81 foizi OTMga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirganini ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilda maktablarni bitirgan o‘quvchilarning 81 foizi oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.

«Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 366 556 nafar maktab bitiruvchilari hujjat topshirgan. Bu esa umumiy maktab bitiruvchilarning 81,3 foizini tashkil qiladi, o‘tgan yil ushbu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil qilgan edi.

Bunda oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan bitiruvchilar soni bo‘yicha Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda, viloyatning 94 foiz bitiruvchisi OTMga kirish istagini bildirgan va abituriyent bo‘lgan. Keyingi o‘rinda 92 foiz bilan Navoiy viloyati qayd etilgan, Jizzax viloyati 89,5 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda.

Bu yilgi bitiruvchilarning 83 foizi kunduzgi o‘quv shaklini, 15 foizi sirtqi va 2 foizi kechki o‘quv shaklini tanlagan», deyiladi XTVning Telegram kanalida e'lon qilingan xabarda.

Davlat test markazi bu yil O‘zbekiston bo‘yicha 91ta oliy ta'lim muassasacida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 nafar abituriyent hujjat topshirganini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘pdir.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top