11:10 / 25.07.2020
7563

26 iyul kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 26 iyul kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top