01:07 / 26.07.2020
8891

Saudiya Arabistoni yordam markazi 84 mingdan ortiq yamanlik bolalarga hayitlik ulashdi

Foto: Arabnews

Har ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat davom etayotgan bir vaqtda Saudiya tomoni Qurbon hayiti arafasida yamanlik bolalarga hadyalar yubordi.

Yamandagi qarovsiz bolalarga 2020 yil Qurbon hayiti arafasida Saudiya tomonidan hayitliklar tarqatildi. Bu haqda Arabnews yozmoqda.

Saudiya Arabistonidagi «Qirol Salmon insoniylik yordami va imtiyoz markazi» «Al-Xayr insoniyatga yordam» fondi bilan birgalikda 2 850ta sovg‘a solingan 950 dona hayitlik xaltalarini Yamanning Al-Mukalla shahrida yashovchi uysiz va ota-onasiz bolalarga tarqatdi. Shuningdek, 5 250ta sovg‘ani o‘z ichiga olgan 1 750 dona hadya xaltalari Yamannning Adan va 3 503ta sovg‘ali 1350ta hadya xaltalarni Lahij gubernatorligiga yuborildi. Ushbu sovg‘alar 84 750 nafar uysiz, yetim bolalarga yetkaziladi.

Yaqinda «Qirol Salmonning insoniylik yordami va imtiyoz markazi» «Ularning quvonchi – bizning umidimiz» shiori ostida xayriya dasturini amalga oshirgan edi. Qurbon hayiti arafasidagi ushbu aksiya uning mantiqiy davomi bo‘ladi. Bu tashabbus Yamanda markaz tomonidan bajarilgan bir qancha loyihalardan biri hisoblanadi.

Saudiya qiroli nomidagi markaz biroz oldin Adanda dengga isitmasi (kuchli bezovtalik bilan kechuvchi isitma, virusli kasallik) bilan kurashish uchun favqulodda yordam dasturini ishlab chiqqandi. Besh oylik ushbu dastur Adan viloyatining 8ta tumanidagi 861 ming 719 nafar insonning yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Dengga isitmasiga turli hasharotlar, asosan chivinlar sababchi bo‘ladi va bu hol adanliklarni bir necha yillardan buyon og‘ir ahvolga solib qo‘ygan. Holatni yaxshilash uchun markaz chivinlarni yo‘qotishga yordam beradigan yopiq va ochiq suv havzalari yaratishni reja qilgan. Bu harakat Adan bo‘ylab nam joylardagi iflos suvlarni kamaytirib, chivinlarning yo‘qolishiga olib kelishi kerak. 

Yaman Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi doktor Ali al-Validi «Qirol Salmon insoniylik yordami va imtiyoz markazi»ning sog‘liqni saqlash sohasiga qilgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi va bu dengga isitmasi bilan kurashayotgan yamanliklar uchun muhim ekanligini ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni hamda Yaman o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas. 1,3 ming kilometrdan ko‘proq umumiy chegaraga ega davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat deyarli 100 yildan buyon davom etib kelmoqda.

Mavzuga oid
Top