20:32 / 27.07.2020
21775

Koronavirus bemorlari uchun tashkil etilgan Toshkentdagi maxsus poliklinikalar ro‘yxati e'lon qilindi

Mazkur poliklinikalar tunu kun faoliyat ko‘rsatadi.

Foto : KUN.UZ

Toshkent shahrida koronavirusga gumon qilinganlar, kasallik tasdiqlangan va ayni kunlarda pnevmoniyadan aziyat chekayotganlarga amaliy yordam tariqasida 10 ta maxsus poliklinika tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur poliklinikalar faoliyati tunu kun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar bu yerga murojaat qilish orqali malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, deyiladi xabarda.

Maxsus poliklinikalar ro‘yxati, joylashgan manzili va telefon raqamlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq respublika maxsus komissiyasi qarori bilan mutasaddilarga koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni shifoxonaga joylashtirishning aniq va shaffof mezonlarini ishlab chiqish hamda bemorlarni shifoxonaga joylashtirishda ushbu mezonlarga qat'iy amal qilish ustidan aniq topshiriqlar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top