14:15 / 27.07.2020
9149

«O‘zekspomarkaz»dagi taqsimlash markazida monitor o‘rnatildi. Bemorlarning yaqinlari ichkaridagi vaziyatni kuzatib turishi mumkin

“O‘zekspomarkaz”dagi markazda bemor ko‘rikdan o‘tkaziladi va ahvoli og‘ir bemorlar barcha sharoitlar, xususan, kislorod ta'minotiga ega shifoxonalarga yo‘naltiriladi. 

Foto: Toshkent

"O‘zekspomarkaz"da COVID-19’ga chalingan bemorlar uchun tashkil etilgan taqsimlash markazida monitor o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonalardagi COVID-19’ga chalingan bemorlarning qarindoshlari tomonidan o‘z yaqinlari haqida axborot olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar tarqaldi.

“O‘zekspomarkaz”da joylashgan taqsimlash markazidagi bemorlarning yaqinlari va qarindoshlari xavotirga berilmay ichkarida ro‘y berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor bo‘lishlari mumkin, deyiladi poytaxt hokimligi ma'lumotida.

“O‘zekspomarkaz”dagi markazda bemor ko‘rikdan o‘tkaziladi va ahvoli og‘ir bemorlar barcha sharoitlar, xususan, kislorod ta'minotiga ega shifoxonalarga yo‘naltiriladi. O‘rta og‘ir ahvoldagi bemorlarga ambulator sharoitda muolajalar buyuriladi. Kasallikni yengil shaklda boshdan kechirayotganlar esa uy sharoitida shifokor nazorati ostida davolanadi. Bu tibbiyot tizimiga tushayotgan bosimni pasaytiradi.

Markazda 250 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyat yuritishi rejalashtirilgandi. Bu yerga shaharning turli hududlaridan COVID-19’ga gumonlanganlar olib kelinmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top