15:20 / 27.07.2020
7889

«Respublika kinofondi»ga yangi rahbar tayinlandi

Eljon Abbosov “Respublika kinofondi” DUK direktori etib tayinlandi.

Foto: O‘zbekkino

“O‘zbekkino” milliy agentligi tasarrufidagi “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasiga Eljon Abbosov direktor etib tayinlandi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.

Eljon Abbosov taniqli o‘zbek rejissyori Shuhrat Abbosov oilasida tavallud topgan. Kinorejissyor va ssenarist. 

Qayd etilishicha, u Toshkent teatr va rassomchilik instituti hamda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni tamomlagan. O‘nlab hujjatli filmlar muallifi. Uzoq yillar O‘zbekiston, Rossiya va xorij davlatlari uchun olingan hujjatli filmlar ustida ishlagan. 

Eljon Abbosovning so‘ngi yillardagi faoliyati o‘zbek kinosi tarixi hamda milliy kinematografiya merosini asrab-avaylashga qaratilgan, deyiladi agentlik xabarida.

Top