17:48 / 27.07.2020
22238

So‘x va Shohimardonda kuchli yomg‘ir yog‘di

26 iyuldan 27 iyulga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining chekka hududlari yomg‘ir aralash do‘l yog‘gan. Tabiatning ushbu hodisasi ayniqsa Qirg‘iziston ichida joylashgan eksklavlarda kuzatilgan.

Videodan kadr

Masalan, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi orqali kirib boriladigan Farg‘ona tumaniga qarashli «orolcha» — Shohimardonda kuchli yomg‘ir yog‘gan, ariqlar suvga to‘lib-toshgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yomg‘ir suvlaridan hosil bo‘lgan sel toshib, hatto yo‘llargacha chiqib ketganiga guvoh bo‘lish mumkin. 

Viloyatning So‘x tumanida ham xuddi shunday kuchli yog‘ingarchilik bo‘lib o‘tgan. So‘xdagi yomg‘ir do‘lga aylanib, ariqlar yomg‘ir suvlariga to‘lgan. Yog‘ingarchilikdan talafot ko‘rganlar, jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Avvalroq «O‘zgidromet» O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, 28 iyul kuni ham Farg‘ona vodiysining tekislik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top