14:35 / 27.07.2020
7321

Xitoy talabi bilan AQShning Chendudagi bosh konsulxonasi yopildi

Vashington 21 iyul kuni Pekindan Xyustondagi XXR bosh konsulxonasini 72 soat ichida yopishni talab qilgandi.

Foto: Getty Images

Xitoy janubi-g‘arbidagi Chendu shahrida joylashgan AQSh bosh konsulligi binosi rasman yopilganidan so‘ng Xitoy hukumati ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

AQSh davlat departamenti Chendudagi bosh konsulxona faoliyatini to‘xtatganini tasdiqladi.

Vashington 21 iyul kuni Pekindan Xyustondagi XXR bosh konsulxonasini 72 soat ichida yopishni talab qilgandi.

AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Morgan Ortegusning ma'lum qilishicha, Xitoyning Xyustondagi konsulligi "Amerika intellektual mulki va amerikaliklarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish maqsadida" yopilgan.

25 iyul kuni xitoylik diplomatlar Xyustondagi bosh konsulxonani tark etdi.

Top