15:45 / 28.07.2020
8692

Belarusda ishchilar Lukashenkoga qarshi ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qilishdi

Ish tashlash 10 avgustdan 11 avgustgacha o‘tkaziladi, agarda saylovda Lukashenko g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, muddatsiz milliy ish tashlash boshlanadi.

Foto: Sergey Grits / AP

Belarusdagi korxonalar ishchilari mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi ish tashlash o‘tkazishmoqchi. Bu haqda NEXTA Live Telegram-kanali xabar berdi

 Xabarda aytilishicha, «Brestjilstroy» korxonasi ishchilari ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qilishgan. Ular halol va shaffof prezidentlik saylovi o‘tkazilishini, siyosiy mahbuslarning ozodlikka chiqarilishi hamda ularga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlanishini talab qilishgan.

 Ish tashlash 10 avgustdan 11 avgustgacha o‘tkaziladi, agarda saylovda Lukashenko g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, muddatsiz milliy ish tashlash boshlanadi. Soligorskdagi shaxtyorlar, «Grodno Azot» filiali va yana boshqa korxonalar ishchilari ham ish tashlash o‘tkazishlarini e'lon qilgan.

Belarusda 9 avgustda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Siyosiy muxoliflarning ta'qib qilinishlariga qarshi mamlakatda va uning tashqarisida noroziliklar bildirilmoqda.

Lukashenko Belarusda inqilob uyushtirishni xohlashmoqda degan fikrda. U xorij kuchlari saylovoldi kampaniyasiga aralashayotganidan shikoyat qilgan.

Mavzuga oid
Top