23:54 / 29.07.2020
20372

Bir kunda qariyb 700 bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 13 mingga yaqinlashdi

29 iyul kuni respublikaning 8 hududida jami 672 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 12937 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 29 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etilganini ma'lum qildi.

Bugun mamlakat hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 672 nafari sog‘aydi. Shundan 323 nafari Toshkent shahridagi 18ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir.

Toshkent shahrida 323 nafar;
Toshkent viloyatida 148 nafar;
Surxondaryo viloyatida 93 nafar;
Andijon viloyatida 29 nafar;
Sirdaryo viloyatida 29 nafar;
Farg‘ona viloyatida 19 nafar;
Namangan viloyatida 17 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 14 nafar.

«Shunday qilib, yurtimizda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 28 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 591 nafar bemor tuzalgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top