10:38 / 30.07.2020
35603

Koronavirusning suvda yashovchanlik muddati aniqlandi

Koronavirus xona haroratidagi suvda bo‘lganida 24 soat ichida 90 foizga, 72 soatda 99,9 foizga o‘z kuchini yo‘qotadi.

RIA Novosti’ga ko‘ra, «Rospotrebnadzor» tomonidan koronavirusning suvda yashovchanligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilgan. Ma'lum bo‘lishicha, xlordan xoli bo‘lgan suvda va dengiz suvida virus ko‘paymaydi, ammo yashovchanligini saqlab qoladi. Virusning faolligi qancha davom etishi suvning haroratiga bog‘liq.

Suvni qaynatish undagi virusning to‘la yo‘qolishiga olib keladi, xlorlangan suvda esa virus yashovchanligini yo‘qotadi.

Avvalroq amerikalik olimlar virusning ultrabinafsha nurlariga ta'sirchanligini o‘rganishgan edi. Tadqiqotga ko‘ra, ultrabinafsha nurining 5 mj/sm² dozasida koronavirusning faolligi 6 soniyada 99 foizga qisqarishi, 22 mj/sm² dozada 25 soniyada uning to‘la yo‘qolishi aniqlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top