23:36 / 30.07.2020
4791

Pandemiya sababli uch oy ichida dunyo bo‘yicha 150ga yaqin yirik kompaniyalar bankrot bo‘ldi

Foto: Reuters

Eng ko‘p bankrotlik holatlari AQSh va Yevropada qayd etilgan – mos ravishda 52ta va 64ta kompaniya.

Koronavirus pandemiyasi fonida 2020 yilning ikkinchi choragida butun dunyoda bankrotlik to‘lqini yuz berdi. U eng ko‘p AQSh va Yevropadagi kompaniyalarga ta'sir qildi, deyiladi Euler Hermes sug‘urta kompaniyasi tahlilida.

2020 yilning aprel-iyunida dunyo bo‘yicha 147 ta yirik kompaniya (aylanma mablag‘i 50 million yevrodan ortiq bo‘lgan) bankrot bo‘lgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravarga ko‘pdir.

Eng ko‘p bankrotlik holatlari AQSh va Yevropada qayd etilgan – mos ravishda 52ta va 64ta kompaniya.

 

Chakana savdo, xizmat ko‘rsatish, energetika va avtomobilsozlik sohasida o‘ta og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Ekspertlar bir kompaniyaning bankrot bo‘lishi u bilan bog‘liq yana bir nechta kompaniyalar yopilishiga sabab bo‘lishini istisno etmayapti. 

Tahlilchilar shuningdek, Germaniya borasida xavotirli taxmin bildirgan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2020 yilda bu mamlakatda 29 mingdan ortiq mahalliy kompaniyalar inqirozga uchraydi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top