22:04 / 31.07.2020
10110

«Gazprom», «Lukoyl» va Turkiya sababli rubl kursi tushib ketdi

«Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi. Bu mablag‘ning katta qismi konvertatsiya qilinishi kutilmoqda. 

Foto Sergeya Fadeicheva / TASS

Juma kuni Moskva birjasida dollar kursi 74 rubldan yuqori ko‘tarildi, bu 14 maydan beri birinchi marta yuz berdi. Yevro esa 87 rubldan oshdi. Yevropa valutasi mart oxiridan buyon bunchalik qimmatlamagandi.

Rossiya valutasining kuchsizlanishi «Gazprom»ning investorlari hisobiga kelib tushgan dividendlarning konvertatsiya qilinishi bilan izohlanmoqda.

«Gazprom» 2020 yil yakunlariga ko‘ra o‘z aksionerlariga 360,784 mlrd rubl dividend to‘ladi. 

«Renessans Kapital» kompaniyasining aksiyalar bozorida ishlash bo‘yicha boshqarmasi direktori Maksim Orlovskiyning so‘zlariga ko‘ra, minoritar aksiyadorlar olgan 2,3 mlrd dollardan 1,5-2 mlrd dollari konvertatsiya qilinishi mumkin.

O‘tgan haftada «Lukoyl» ham rekord miqdorda dividend to‘ladi – dollarga aylantirganda 3,3 mlrd atrofida.

«Bu summaning katta qismi valuta bozriga chiqdi», — deydi Orlovskiy.

Gazprombankning strategiya markazi boshlig‘i Yegor Susin «Gazprom» dividendlari to‘lanishi va ularning konvertatsiya qilinishidan tashqari, Turkiyaga yo‘l ochilishi ham rubl kursiga ta'sir ko‘rsatdi degan fikrda.

«Odamlar Turkiyada dam olishga otlanmoqda, buning uchun valutani konvertatsiya qilishmoqda, bu qisqa muddat ichida sodir bo‘layotgani uchun aholining valutaga bo‘lgan talabi rubl kursiga ta'sir ko‘rsatmoqda», — deydi Susin.

Mavzuga oid
Top