16:24 / 31.07.2020
3109

Hongkongda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli parlament saylovlari qoldirildi

Aholisi 7,5 mln kishidan ortiqroq bo‘lgan Hongkongda oxirgi sutkada 121 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Foto: Zumapress

Hongkong hukumati epidemiologik vaziyat keskin yomonlashgani sababli qonunchilik kengashiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni qoldirdi. Bu haqda Hongkong ijroiya kengashi rahbari Kerri Lam ma'lum qildi.

Hongkong qonunchilik kengashiga saylovlar 6 sentyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Lam saylovlarni ortga surish to‘g‘risidagi qaror «o‘ta murakkab» bo‘lganligini ta'kidladi.

Aholisi 7,5 mln kishidan ortiqroq bo‘lgan Hongkongda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 3273ta holat qayd etilgan, 27 kishi vafot etgan. Oxirgi sutkada 121 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top