15:09 / 31.07.2020
14807

Kasallikning og‘ir darajasini boshdan kechirgan bemorlar yarim yilgacha shifokor nazoratida bo‘lishi kerak – Mutaxassis

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva Covid-19’dan tuzalgan bemorlar nimalarga rioya qilishi kerakligini sanab o‘tdi.

U kasallikdan tuzalgan bemorlar doimiy ravishda shifokor nazoratida bo‘lishi kerakligini ta'kidlagan.

«Bemorlar davolanib tuzalgandan keyin kasallik organizmda qanchalik asorat qoldirganidan kelib chiqqan holda umumiy amaliyot shifokori nazoratida bo‘lishi kerak. Shifokor o‘pkaning zararlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda nafas gimnastikalarini tavsiya qiladi.

Agar bemorda surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa, koronavirus bu kasalliklarning kechishiga qanday ta'sir ko‘rsatganini o‘rganish, doimiy ravishda dispanser nazoratida bo‘lish, yilda ikki marta davolash choralarini olib borish, reabilitatsiya va sanatoriya-kurort davolanishlarini olishi tavsiya etiladi.

Kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir darajasini kechirgan, pnevmoniya kuzatilgan bemorlar 1 oydan 3 oygacha, zarurat bo‘lganda 6 oygacha tiklanishlari, doimiy ravishda shifokor bilan bog‘lanib, kerakli choralarni ko‘rib borishi kerak», dedi shtab a'zosi AOKAdagi brifingda.

Shu bilan birga, gigiyena qoidalariga rioya qilish, ya'ni tez-tez qo‘llarni 20 soniya davomida sovunlab yuvish, tomoqni tez-tez chayish, ko‘p suyuqliklar ichish, sog‘lom ovqatlanish va yengil jismoniy faollikni olib borish bilan uchrashi mumkin bo‘lgan turli boshqa yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasini olib borish tavsiya etilgan.

Sevara Ubaydullayevaning olimlarga asoslangan holda qayd etishicha, koronavirusga chalinib tuzalgan bemorlarda hosil bo‘lgan immunitet 5 yilgacha saqlanishi mumkin.

Mavzu
COVID-19: Foydali ma’lumotlar
COVID-19 profilaktikasi, simptomlari, davo choralari va mutaxassislar tavsiyalari
Barchasi
Mavzuga oid
Top