23:42 / 01.08.2020
8158

«Arsenal» Angliya Kubogida g‘olib bo‘lib, Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

London «Arsenal» klubi Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Londondagi «Uembli» stadionida o‘tgan uchrashuvda «Arsenal» shaharning boshqa bir jamoasi «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 5-daqiqasidayoq Kristian Pulishich «Chelsi»ni hisobda oldinga olib chiqqandi. 28-daqiqada Per-Emerik Obameyang penaltini aniq ijro etib hisobni tenglashtirdi, 67-daqiqada esa u «Arsenal»ning g‘alaba goli muallifiga aylandi. O‘yinning so‘nggi qismida «Chelsi» yarimhimoyachisi Mateo Kovachich ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etdi.

Shu tariqa, «Arsenal» 14-marta ushbu sovrin sohibi bo‘ldi, bu jamoa ushbu turnirda eng ko‘p marta g‘alaba qozongan jamoa hisoblanadi.

Bu Mikel Artetaning bosh murabbiy sifatida ilk sovrini bo‘ldi. 

Shuningdek, bu g‘alaba «Arsenal»ni Yevropa Ligasiga olib chiqdi.

Angliya Kubogi, final
Arsenal – Chelsi 2:1
1 avgust, «Uembli»
Gollar:
Obameyang (28 penalti, 67) – Pulishich (5).
Arsenal: Martines, Belerin, Holding, Tirni (Kolashinats, 90+13), Meytlend-Naylz, Jaka, Sebalos, Pepe, David Luis (Sokratis, 88), Obameyang, Lyakazett (Nketia, 82).
Chelsi: Kabalero, Alonso, Zuma, Aspilikueta (Kristensen, 35), Jyeyms, Pulishich (Pedro, 49), Kovachich, Maunt (Barkli, 79), Jorjino, Ryudiger (Hadson-Odoi, 78), Jiru (Abraham, 78).
Ogohlantirishlar: Kovachich (14), Aspilikueta (26), Maunt (45+4), Sebalos (73), Ryudiger (75), Barkli (89).
Chetlatish: Kovachich (73).

Top