18:09 / 01.08.2020
7173

Chiro Immobile «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishga yaqin

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile 2019/20 mavsumining Yevropadagi eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi.

Foto: The National

30 yoshli hujumchi Italiya chempionati doirasida 35ta gol urdi. 

31ta gol urgan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nazariy jihatdan unga yetib olishi mumkin edi. Chunki, dam olish kunlari A Seriyaning yakuniy, 38-tur o‘yinlari o‘tkazilishi lozim edi. Ammo mudatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan «Yuventus» Ronalduni «Roma»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi. 

Natijada, Immobile faoliyatida ilk marotaba nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski 34ta gol bilan ikkinchi, Krishtianu Ronaldu 31ta gol bilan uchinchi bo‘ldi.

«Oltin butsa» sovrini 1968 yildan beri Yevropa chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchilarga topshirilmoqda. Uni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi – 6 marta (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019). Portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronaldu hisobida 4ta sovrin bor (2008, 2011, 2014, 2015). 

Mavzuga oid
Top