09:40 / 02.08.2020
13051

Hindistonda kran qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda katta o‘lchamli kran qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.

ANI axborot agentligining xabar berishicha, Vishaxapatnam portidagi (Andxra-Pradesh shtati) Hindustan Shipyard verfidagi kran qulab tushgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida yana 5 kishi jarohat olgan. Voqeaning videoyozuvida yaqinda o‘rnatilgan ulkan kran ag‘darilayotgani va yerga urilgach bir necha qismga bo‘laklanib ketganini ko‘rish mumkin.

Kran uni o‘rnatish bilan shug‘ullangan ishchilar ustiga qulagan. Voqea tergov qilinishi boshlangan.

Top