19:56 / 03.08.2020
6559

Britaniyalik ayol koronavirusdan 141 kunda sog‘aydi

Britaniyalik ayol, koronavirusga chalingan 35 yoshli Fotima Bridl shifoxonada 141 kun o‘tkazgandan keyin sog‘aydi. Ta'kidlanishicha, bu koronavirusdan sog‘ayish vaqti bo‘yicha rekord uzoq muddat hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Ayol Britaniyada hali karantin kiritilmagan vaqtda Marokashdan qaytgandan keyin koronavirusga chalingan va Southampton General Hospital shifoxonasiga yotqizilgan.
 
Bridlda koronavirus og‘ir kechgan, uning o‘pkasi ishlamay qolgan. Shu sababli ayol uzoq vaqt jonlantirish bo‘limida qolgan. Jumladan, u o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasiga ulangan holda 1,5 oy davomida sun'iy komada bo‘lgan.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, Bridlda o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasiga ulangan holda yashab ketishi imkoniyati 40 foizni tashkil qilgan. Biroq ayol komada qolgan vaqtda bu imkoniyat darajasi tobora kamayib borgan.   

Top