21:37 / 04.08.2020
8106

Mutaxassis bir vaqtda gripp va koronavirusga chalinish ehtimoli mavjudligini aytdi

Gripp va koronavirusga bir vaqtda chalinish mumkin, biroq bunda kasallik qanday kechishi va uning oqibatlari qanday bo‘lishi noma'lum. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh infeksionisti, Sechenov universiteti professori Vladimir Chulanov aytib o‘tdi.

Chulanov COVID-19 yangi kasallik ekanini va u haqida hali barcha narsa ma'lum emasligini eslatib o‘tgan.

“Turli respirator virus infeksiyalari bir vaqtda kechishi mumkin. Biroq infeksiyalarning bunday birga kechishi yetarlicha o‘rganilmagan masaladir. Boz ustiga, u koronavirus uchun hali o‘rganilmagan”, deb aytgan mutaxassis. 

Shu sababli Chulanov ehtimoliy xavflardan himoyalanish uchun grippga emlash boshlanishi bilan iloji boricha tezroq unga qarshi emlanishni tavsiya qilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top