23:49 / 05.08.2020
43206

Koronavirus: Toshkentda bir kunda 499 holat aniqlandi, O‘zbekistonda jami holatlar soni 28 mingga yaqin

O‘zbekistonda 5 avgust kuni 746ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 27 ming 793taga yetdi. Bugun shuningdek, 732 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 5 avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Respublikaning 8 hududida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilgan.

Tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida 499 holat;
  • Toshkent viloyatida 137 holat;
  • Buxoro viloyatida 39 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 12 holat;
  • Navoiy viloyatida 7 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 21 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 19 holat;
  • Andijon viloyatida 12 holat.

Tuzalganlar (+732)
Bugun respublikaning 9 hududidagi shifoxonalarda jami  732 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 18 ming 783 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 461 nafar;
  • Toshkent viloyatida 132 nafar;
  • Samarqand viloyatida 39 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar;
  • Andijon viloyatida 21 nafar;
  • Buxoro viloyatida 20 nafar;
  • Namangan viloyatida 17 nafar;
  • Navoiy viloyatida 14 nafar;
  • Xorazm viloyatida 6 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda rasmiy statistikada qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 171taga yetdi.

  • Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) vafot etdi;
  • Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak vafot etdi;
  • Uchinchi o‘lim. Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak) vafot etdi;
  • To‘rtinchi o‘lim. Toshken shahri Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak) vafot etdi;
  • Beshinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan 67 yoshli X.K. (erkak) vafot etdi;
  • Oltinchi o‘lim. Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 61 yoshli T.B. (erkak) vafot etdi. 

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top