15:51 / 05.08.2020
4350

«Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari uchun qiyinchilik tug‘dirayotgan masala – fuqarolar o‘z vaqtida murojaat etmayotgani» – Behzod Musayev

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida hozirgi kunda koronavirus belgilarini sezgan zahoti shiforkorga murojaat etish kerakligi, aynan shu yo‘l bilan sog‘liqni saqlash tizimiga yordam berish mumkinligi haqida gapirdi.

«Koronavirusni davolashga moslashtirilgan 11ta tibbiyot muassasasi endi koronavirus bo‘yicha emas, o‘z ixtisosligi bo‘yicha faoliyatini davom ettiradi — ular surunkali kasalligi bor bemorlarni davolash jarayoniga qaytarilmoqda.

Shaylik - to‘liq, bizga, sog‘liqni saqlash tizimining xodimlariga qiyinchilik tug‘dirayotgan masala – xalqimizning o‘z vaqtida murojaat etmayotgani bo‘lyapti. Sal o‘zini yomon his qildimi, birinchisi, oilaviy poliklinika, ikkinchisi markazlarga zudlik bilan yetib kelish kerak. Harorat, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, holsizlik holatlarida murojaat qilish kerak.

3 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi davolash protokolini tasdiqladi. Bu protokolga asosan ahvoli yengil bo‘lgan bemorlarga tibbiyot muassasasida ham osma ukol qilish umuman mumkin emas. Mutaxassislarning so‘zlari bo‘yicha, bu pnevmoniya emas, pnevmonit. O‘pkani trombozi bilan bloklab qo‘yyapti. Osma ukol koronavirusni davolamaydi. Hozirgi kunda osma ukoldan to‘liq voz kechishimiz kerak», degan Behzod Musayev.

Mavzuga oid
Top