13:17 / 06.08.2020
20972

Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga rektor tayinlandi

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi. 

Mazkur lavozimni Koreyaning nufuzli universiteti bitiruvchisi Ayubxon Rajiyev egalladi. Ayubxon Rajiyev KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) - Koreya Ilg‘or ilm-fan va texnologiyalar institutining bakalavr hamda UNIST (Ulsan national Institute of Science and Technology) - Ulsan Ilm-fan va texnologiyalar milliy institutining magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, u ta'lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Uzluksiz ta'lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i, Ta'lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Shu kunga qadar A.Rajiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Mavzuga oid
Top