14:31 / 06.08.2020
3940

Amazon rahbari kompaniyaning 3,1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi

 Jyeff Bezosning boyligi bu yil 74,9 mlrd dollarga ko‘paydi va 189,8 mlrd dollarga yetdi.

Foto: Getty Images

Amazon.com Inc. rahbari Jyeff Bezos kompaniyaning 3,1 mlrd dollarlik 1 mln dona aksiyasini sotdi. Bu haqda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya (SEC) ma'lumotida aytilmoqda.

 Bezos avvalroq Amazon kompaniyasining 4,1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgandi.

Joriy yilda koronavirus pandemiyasi sharoitida kompaniya xizmatlariga talab oshishi natijasida Amazon aksiyalari narxi 73 foizga qimmatlashdi.

Bloomberg Billionaires indeksiga ko‘ra, Bezosning boyligi bu yil 74,9 mlrd dollarga ko‘paydi va 189,8 mlrd dollarga yetdi.

Hozirda Amazon rahbari kompaniyaning 54 mln donadan ortiq aksiyalariga ega.

Mavzuga oid
Top