15:16 / 06.08.2020
5248

Andijonda 1 kilogramm «gashish»ni 15 000 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 4 avgust kuni soat 12:45da Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tadbir davomida, fuqaro 31 yoshli I.A. tumandagi Dostonobod MFY hududida 1 dona tselofan paketga solib qadoqlangan holdagi sof og‘irligi 937,62 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini 5.000 AQSh dollari va 100.000.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I.A.dan kimyoviy ishlov berilgan 5000 AQSh dollari va 100.000.000 so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Top