14:17 / 06.08.2020
20633

Foto: Buxoroda qovun sayli boshlandi

Buxoroda 1996 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan qovun sayli bugun, 24-marta yana tashkil etildi. Sayl ikki kun - 6-7 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Viloyat hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, har yili an'anaviy tarzda Buxoro shahridagi Favvoralar maydonida o‘tkaziladigan sayllar bu yil karantin qoidalariga muvofiq holda tashkil etiladi.

Qovun sayli tadbirlari bu yil bitta joyda emas, Favvoralar maydoni, Ark tarixiy qo‘rg‘oni, 32-sonli mehribonlik uyi yaqini, «Oltin minora» choyxonasi ro‘parasi kabi Buxoro shahridagi 11ta manzilda bo‘lib o‘tadi.

Qovun sayllarida dehqonlar tomonidan yetishtirilgan barcha turdagi qovunlar namoyishini o‘tkazishadi. Har bir tuman va shahar uchun ajratilgan va bayramona bezatilgan pavilonlarda qovunlar o‘ziga xos manzarali ko‘rinishda taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yilgi sayldan Kun.uz videoreportaj e'lon qilgan edi.

Top