13:21 / 07.08.2020
3733

«Tez yordam» chaqiriqlari soni 21 foizga kamaydi - shtab a'zosi

Aholi orasida tana harorati ko‘tarilishi tufayli «Tez yordam» chaqiriqlari soni 21 foizga kamaygan. Bu haqda «COVID-19: vaziyat» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva ma'lumot berdi.

Aholi orasida tana harorati ko‘tarilishi tufayli «Tez yordam» chaqiriqlari soni 21 foizga kamaygan. Bu haqda «Covid-19: vaziyat» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva ma'lumot berdi.

«Aholi orasida tana harorati ko‘tarilishi tufayli «Tez yordam» chaqiriqlari soni 21 foizga kamaygan. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Bunday chaqiriqlar, asosan, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida kamaygani ma'lum bo‘ldi», dedi shtab a'zosi.

Feruza Hamroboyeva o‘zida koronavirus alomatlari sezilgan bemorlar 3 yo‘l bilan: «Tez yordam» mashinasida, oilaviy poliklinikaning mobil guruhiga biriktirilgan transportda yoki bemorning o‘zi borishi mumkinligini ham ma'lum qilindi.

Shuningdek, shtab a'zosi ayni paytda koronavirus alomatlari mavjud bemorlarni test natijalarisiz tibbiy muassasalarga joylashtirish mumkin bo‘lishiga qaramay ayrim koronavirus shifoxonalari bemorlarni test natijasi bo‘lmagani uchun qabul qilmayotgani yoki xususiy klinikada test topshirgan bo‘lsa, bemordan o‘z muassasasida qayta test topshirishni talab qilish holatlari ham uchrayotgani haqida ma'lumot berdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, shu haftada 6ta charter reys orqali 3 mingga yaqin, chegarani kesib o‘tish orqali 680dan ortiq fuqaro mamlakatga kirib kelgan. Ular saralash markazlari, karantin zonalari yoki o‘z uylarida saqlanmoqda.

Top