15:46 / 08.08.2020
21804

AQShdagi sakkizta prezidentlik saylovi natijalarini to‘g‘ri topgan professor bu yilgi saylovda kim g‘alaba qozonishini aytdi

 Professor Lixtman g‘olibni aniqlash uchun o‘zining "Oq uy sari 13 kalit" deb nomlangan tizimidan foydalanadi. Unda 13ta savol bo‘lib, ularga faqat "ha" yoki "yo‘q" deb javob berish mumkin.

Foto: AP Photo / Andrew Harnik

Saylov natijalarini to‘g‘ri topishi bilan mashhur bo‘lgan amerikalik tarix professori Allan Lixtman bu yilgi saylovda Jozef Bayden g‘alaba qozonishini aytdi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

 Lixtman g‘olibni aniqlash uchun o‘zining "Oq uy sari 13 kalit" deb nomlangan tizimidan foydalanadi. Unda 13ta savol bo‘lib, ularga faqat "ha" yoki "yo‘q" deb javob berish mumkin.

 Agarda oltitadan ortiq savolning javobi "ha" bo‘lsa, bu amaldagi partiya g‘olib bo‘lishini bildiradi. Oltitadan ortiq savolning javobi "yo‘q" bo‘lsa, raqobatchi partiya g‘alaba qozonishini anglatadi.

 Savollar mamlakatning iqtisodiy ahvoli, ijtimoiy xavotir, mojarolar, nomzodlarning muvaffaqiyat va omadsizliklari, ularning qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Lixtman 1984 yildan buyon AQSh prezidentligi saylovi natijalari bo‘yicha taxmin bildirib keladi. U shu kunga qadar sakkiz marta g‘olibni to‘g‘ri aniqlagan va faqat bir marta, 2000 yilda Albert Gorning g‘alaba qozonishini taxmin qilganida adashgan. O‘shanda respublikasi kichik Jorj Bush prezidentlikka saylangan. Saylov natijalari Floridada ovozlarni qaytadan sanash oqibatida mojaroli tus olgan. Professor o‘shanda taxmini to‘g‘ri chiqqan deb hisoblaydi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top