12:33 / 08.08.2020
5285

Qoraqalpog‘istonda karantin zonasidan keyin 12 mlrd 665 mln so‘m evaziga shifoxona qurilmoqda

Foto: Nukus tumani axborot xizmati

Nukus tumani markazidan yangidan shifoxona binosi qurilmoqda. Tuman hokimligining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, loyihaning umumiy qiymati 12 milliard 665 million so‘mni tashkil etadi.

Hozirgi pandemiya davrida «Karakalpakstroymontupravleniye» MChJ tomonidan qurilish ishlarining to‘rtinchi bosqichi davom etayotgan bu loyihaning zamonaviy tibbiy dastgohlar bilan jihozlangan 3 qavatli binosida qurilish montaj ishlari boshlangan.

Bu davolash muassasasi 130 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta blokdan iborat maxsus shifoxona hisoblanadi.

1-blok — qabul bo‘limi;

2-blok — laboratoriya, jarrohlik zali, jonlantirish bo‘limi;

3-blok — tug‘ruq bo‘limi;

4-blok — bolalar va terapiya bo‘limlarini joylashtirish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda 2000 o‘ringa mo‘ljallangan koronavirusli bemorlar uchun maxsus davolash markazlari, maxsus karantin zonasi tashkil etilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top