23:09 / 09.08.2020
8368

Nigerda fransiyalik sayyohlar otib ketildi

Foto: AFP

Niger janubida bir guruh terrorchilar fransiyalik sayyohlarga hujum qildi. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.

Le Monde fransuz nashri ma'lumotlariga ko‘ra, hujum o‘ziga butun dunyodan sayyohlarni jalb qiluvchi Kure qo‘riqxonasida sodir etilgan. Terrorchilar voqea joyidan mototsikllarda yashiringan.

Hujum oqibatida Fransiyaning 6 fuqarosi va ularga hamrohlik qilgan nigeriyalik gid va haydovchi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ish olib bormoqda. Ular fojianing barcha tafsilotlarini va terrorchilar shaxslarini aniqlashga harakat qilishmoqda.

Mavzuga oid
Top