17:57 / 11.08.2020
15594

Kabobning zararini kamaytirish usullari aytildi

Gastroenterolog shifokor va diyetolog Nuriya Dianova kabobni iste'mol qilishdan kelib chiqadigan zararni kamaytirish usullari haqida so‘zlab berdi.

Foto: iStock

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, kabobni me'yorida iste'mol qilish lozim, chunki juda ko‘p miqdordagi hayvon oqsili organizm tomonidan yomon o‘zlashtiriladi. Bu esa o‘z navbatida saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarga, jumladan, surunkali ich qotishi va kolitga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, shifokor go‘sht bilan birga bodring va ko‘katlarni iste'mol qilishni tavsiya etdi, bu esa kabobning «saraton po‘sti» ta'sirini kamaytiradi.

Dianova go‘shtni tushlikkacha iste'mol qilish lozimligini, kechki ovqatga esa yengilroq taomlar – tvorog, tuxum, tuzsiz pishloqli salatlar, baliq yoki dengiz mahsulotlarini yeyish yaxshiroq ekanini ta'kidladi.

Bundan tashqari, shifokor har ovqatlanishda oqsilning bir turi va kletchatkaning bir turini qo‘shishni tavsiya qildi. Bu ateroskleroz, saraton va diabetning rivojlanishini oldini oladi va ortiqcha vazn to‘plashdan saqlaydi. Diyetolog fikriga ko‘ra, o‘simlik oqsili va hayvon oqsiliga ega ovqatlarni navbati bilan iste'mol qilish – eng yaxshi usul.

Mavzuga oid
Top