11:04 / 12.08.2020
13963

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirildi

O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr va noyabr oylariga mo‘ljallangan JCh-2022 saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmaydi.

Tribuna.uz manbasi xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli, 2020 yil yakuniga qadar milliy jamoalarning rasmiy o‘yinlariga taqiq qo‘yildi. JCh-2022 saralash o‘yinlarining barchasi 2021 yilga qoldirilgan.   

O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashining 2-bosqichida 13 oktabr kuni safarda Yaman bilan, 12 noyabr kuni o‘z maydonida Singapur bilan, 17 noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynashi lozim edi.

Bundan tashqari, 4 sentabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentabr kuni Eron bilan Toshkentda o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi.

Top