11:34 / 12.08.2020
14954

«O‘zbekneftgaz»da rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi 

Muzaffar Fayziyev Tijorat departamenti boshlig‘i, Xushnudjon Mahmudov Neftni qayta ishlash, neft-kimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning buyrug‘iga asosan Muzaffar Fayziyev Tijorat departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Muzaffar Fayziyev shu kunga qadar “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Neftni qayta ishlash, neft-kimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

U Hisob palatasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruvi raisi lavozimida ham ishlagan, deyiladi “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabarida. 

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning buyrug‘iga asosan Xushnudjon Mahmudov Neftni qayta ishlash, neft-kimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Xushnudjon Mahmudov shu kunga qadar “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

U Turkiyaning O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyasi va Chexiya davlati bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxonada biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejyeri bo‘lib ham ishlagan.

Mehriddin Abdullayevning yana bir buyrug‘iga asosan Javohirbek Anvarov Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Javohirbek Anvarov shu kunga qadar “O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati Biznes rejalashtirish va iqtisodiy tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Loyiha va import shartnomalarni majmuaviy ekspertiza markazi”, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Loyiha va import shartnomalarni majmuaviy ekspertiza markazi”da turli lavozimlarda ishlagan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top