19:59 / 12.08.2020
21605

Toshkentda 7ta tuman tibbiyot birlashmasida rahbarlar o‘zgardi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Olmazor, Uchtepa va Sergeli tuman tibbiyot birlashmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

  • Poytaxtdagi 24-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokor muovini Guli Xoliqova Shayxontohur TTBga;
  • Mirobod tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi mudiri Zebiniso Umarova Bektemir TTBga;
  • «O‘zavtosanoat» AJga qarashli «CLINIC PRO» TDM bosh shifokori Muyassar Muhammedova Mirzo Ulug‘bek TTBga;
  • Toshkent shahar 3-sonli klinik shifoxonasi bosh shifokori Dilfuza Muxsimova Yakkasaroy TTBga;
  • Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Azizbek Nizomov Olmazor TTBga;
  • 32-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Nigoraxon Saidova Uchtepa TTBga;
  • 12-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Tojiboy Yuldashov Sergeli TTBga boshliq etib tayinlandi.

«Yangi rahbarlarga  o‘z hududlarida, avvalo, tibbiy profilaktika ishlari bilan jiddiy  shug‘ullanish, oilaviy poliklinikalar ish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholini koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichini kamaytirish va jilovlash bo‘yicha  aniq chora-tadbirlar ko‘rish, tashkil etilgan mobil brigadalar va Covid-19’ga ixtisoslashgan poliklinikalar faoliyatini tubdan takomillashtirish, kasallikda gumon qilingan fuqarolarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish va davolashni tashkil qilish, kasallanganlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lib, karantinga olingan shaxslarni va ularning oila a'zolarini muntazam tibbiy nazorat qilib borish, «103» tez tibbiy xizmat bilan oilaviy poliklinikalar o‘rtasidagi uzviylikni ta'minlash kabi qator dolzarb vazifalar yuklatildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
 

Top