11:55 / 13.08.2020
4650

O‘zbekistonning 15 yil davomida yagona suv balansini rivojlantirish strategiyasi e'lon qilindi

2020-2035 yillarda yagona suv balansini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanadi.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2035 yillarda yagona suv balansini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

  • Xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan 2035 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining yagona suv balansini rivojlantirish strategiyasi;
  • 2035 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining suv balansini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalar” tasdiqlanadi.

Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi:

I. O‘zbekiston Respublikasining suv balansi, suv ta'minoti va suv chiqarishda yagona tizimining strategik xavfsizligi va ishonchliligi, xususan:

  • suv resurslaridan oqilona foydalanish;
  • resurslarni va yer osti suvlarini toza saqlashga qaratilganlik;
  • chuchuk suvning, jumladan favqulodda vaziyat holatiga qadoqlangan suvning strategik zaxiralarini shakllantirish;
  • O‘zbekiston hududlarida suv ta'minoti va suv chiqarish uchun vodoprovod tizimini rivojlantirish;
  • suv havzalari va daryolarga maishiy chiqindilarni va fekal tashlashni to‘liq to‘xtatishning tezkor dasturi;
  • suvni ko‘p iste'mol qiluvchi yangi ishlab chiqarishlarni (jumladan xorijiy) joylashtirishni cheklash va qisqartirish dasturi.
  • II. O‘zbekiston Respublikasining suv ta'minoti va suv chiqarish tizimini hisobga olish va raqamlashtirish, xususan:
  • hududlarning suv balansini, suv xo‘jaligi balansini (jumladan, suv ta'minoti korxonalari uchun) hisoblash va tuzishni ilg‘or uslubiyat asosida shakllantirish;
  • imkoniyatlarni baholagan holda yer osti suvlarni qazib chiqarishni rivojlantirish (jumladan, viloyatlar bo‘yicha);
  • yer osti suvlarning ifloslanishini, jumladan, melioratsiya sababli ifloslanishini qisqartirish va yer osti suv resurslaridan foydalanishning strategik tashabbuslarini amalga oshirish;
  • suv resurslarini strategik monitoring qilish yagona milliy tizimini yaratish;
  • suv ta'minoti va suv chiqarishni maqbullashtirish sxemalarining yagona tizimini yaratish;
  • suv resurslarini Strategik Integratsiyalangan boshqaruvni, jumladan, havza va transchegaraviy strategik boshqaruvga urg‘u bergan holda tatbiq qilish;
  • ichki va tashqi bozor uchun suv miqdori hamda sifatini hisoblash asboblarini ishlab chiqarish.
  • III. O‘zbekiston - suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimida professional ustunlikdagi markaz, xususan:
  • O‘zbekiston Respublikasining suv ta'minoti va suv chaqirish korxonalarining inson kapitalini rivojlantirish;
  • kadrlar tayyorlash va suv ta'minoti va suv chiqarish korxonalari xodimlarining malakasini oshirish, jumladan, O‘zbekiston “Suv akademiyasi”ni tashkil etish va suv ta'minoti, suv chiqarish, suv va suv xo‘jaligi balansini ta'minlash tarmoqlari uchun zarur mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilash;
  • ishlab chiqarish xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta'minlash;
  • O‘zbekiston suv ta'minoti va suv chiqarilishi korxonalari xodimlari uchun korporativ pensiya jamg‘armasini tashkil qilish;
  • O‘zbekiston suv ta'minot va suv chiqarish obektlarida ishning yuqori jozibadorligiga asoslangan noyob korporativ madaniyatni shakllantirish;
  • Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasining “Suv Muzeyi”ni tashkil etish.

IV. O‘zbekistonning suv chiqarish tizimini strategiyalash, xususan:

  • xo‘jalik-maishiy kanalizatsiya tizimini qurish va rekonstruksiya qilish (aholisi 100 000 dan ortiq yirik aholi yashash joylari uchun; yashovchilar soni 5 000 dan ortiq bo‘lgan turar joy qurilishi uchun);
  • sanoat korxonalari uchun lokal tozalash inshootlarini qurish (neftni qayta ishlash va ko‘mir sanoati, kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati va boshqalar);
  • sanoat oqava suvlarini tozalanganligi bo‘yicha nazorat olib boruvchi maxsuslashtirilgan laboratoriya tashkil etish;
  • sug‘orish tizimlarining kollektor-drenaj oqimlarini strategik rivojlantirish.

V. O‘zbekiston suv ta'minoti korxonalari "yashil iqtisodiyot" translyatorlari, xususan:

  • suvni ko‘p iste'mol qiluvchi sohalarga tejamkor texnologiyalarni tatbiq qilish orqali "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirishda O‘zbekiston suv ta'minoti korxonalarini ishtirok etishi;
  • suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligini samaradorligini oshirish;
  • agrosanoat majmuasida suvdan samarali foydalanish dasturini amalga oshirish;
  • qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmuasini ilg‘or yuritish Markazini tashkil etish;
  • ichimlik suvi va kanalizatsiya oqavalarini tozalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
  • vodoprovod inshootlaridagi chiqindilarni va oqava suvlarini tozalash stansiyalaridan cho‘kindilarni ekologik xavfsiz yo‘q qilishga moslashgan ishlab chiqarishlarini tashkil etish;
  • texnologiyalar transferi Markazida eng yaxshi maqbul texnologiyalarni ishlab chiqish va distribyutsiyalash.

VI. O‘zbekiston Respublikasining suv ta'minoti korxonalari moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi, xususan:

  • tarif strategiyasini takomillashtirish;
  • suv ta'minoti va suv chiqarish sohasining strategik dasturlarini moliyalashtirish manbaci sifatida munitsipal va korporativ infratuzilma obligatsiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • suv ta'minoti va suv chiqarish sohasida investitsion loyihalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularning iqtisodiyotga tashqi samarasining baholash, jumladan, santexnika asbob-uskunalarini va maishiy texnikani ishlab chiqarish;
  • qadoqlangan ichimlik suv kommersiyasi orqali suv ta'minoti korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash;
  • sanoat korxonalari tomonidan suv iste'molining iqtisodiy samaradorligini oshirish;
  • O‘zbekistonning turizm majmuasini va mehmonlarini suv resurslari va ichimlik suvi bilan ta'minlash.

VII. Strategiyani amalga oshirishning tashkiliy shakllari, xususan:

  • O‘zbekistonning suv balansi, suv ta'minoti va suv chiqarishning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat korporatsiyasini tashkil qilish;
  • "O‘zsuvta'minot" AJ faoliyati va uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi haqida nizom ishlab chiqish;
  • "O‘zsuvta'minot" AJ korporativ brending tizimini ishlab chiqish va tashkil etish;
  • Yagona hisob-kitob markazini tashkil etishni asoslash (Suv iste'molchilari bilan ishlash bo‘yicha Markaz);
  • Eng maqbul texnologiyalarni tatbiq qilish Markazini asoslash va tashkil etish;
  • Suv ta'minoti va suv chiqarishdagi investitsion loyihalar doirasida biznes va davlatning o‘zaro hamkorligini ta'minlovchi sifatida davlat-xususiy sherikligini asoslash va joriy etish.

VIII. O‘zbekistonning suv ta'minoti, suv chiqarish va uning suv balansini qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishning jamoaviy va iqtisodiy samaradorligini monitoring qilish va baholash tizimini joriy etish, xususan:

  • O‘zbekistonning suv ta'minoti va suv chiqarish strategik rivojlanishini jamoaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va baholash;
  • dasturiy-hisoblash majmualari bo‘lgan situatsion markazlar asosida O‘zbekistonning suv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini takomillashtirish.
Top