16:50 / 13.08.2020
4571
Reklama

Wondernet Express: xayriya aksiyalari muntazam davom etmoqda

Wondernet Express kompaniyasi muassislari tashabbusi bilan umumiy qiymati 300 mln so‘m bo‘lgan 50 dona 5 litrli kislorod konsentratorlari xarid qilindi va beg‘araz tarzda turli shifoxonalarga yetkazib berildi.

Bu uskunalarning o‘ziga xos jihati shundaki ular birvarakayiga ikki nafar bemorni kislorod bilan ta'minlay oladilar. Uskunalar Toshkent shahrining quyidagi tibbiy maskanlariga yetkazib berildi:

10 dona – 3-son tug‘ruq kompleksiga;

10 dona – 7-son tug‘ruq kompleksiga;

10 dona – №1 raqamli shahar perinatal markaziga;

20 dona – Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga.

Wondernet Express kompaniyasi nafaqat tibbiyot yo‘nalishida, balki mamlakatimizning madaniyat hamda sport sohalariga ham muntazam va har taraflama yordam berib keladi.

Bu yilda biznes yuritish uchun murakkab davr bo‘layotganiga qaramay joriy yilning boshidan boshlab Wondernet Express kompaniyasi tomonidan quyidagi xayriya aksiyalari o‘tkazildi:

•  Zamonaviy tarzda to‘liq jihozlangan, qiymati 35 ming AQSh dollariga teng Hyundai Grand Starex tez tibbiy yordam mashinasi Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga taqdim etildi;

•  Qiymati 37 ming AQSh dollariga teng, B Braun nemis markasiga mansub gemodializ apparati Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga taqdim etildi;

•  Toshkent shahridagi muhtoj oilalarga eng zarur oziq-ovqatlardan iborat 800 ta to‘plam va Sirdaryo viloyatida toshqindan zarar ko‘rgan oilalarga umumiy qiymati 300 mln so‘mlik yordam yetkazib berildi;

•  Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti tibbiy xodimlari uchun 1100 dona individual himoya vositalari xarid qilindi va ulardan qiymati 72,5 mln so‘m bo‘lgan 200 donasi beg‘araz tarzda yetkazib berildi;

•  Toshkent shahri Bektemir tumanida uyushtirilgan «Saxovat va ko‘mak» xayriya aksiyasi doirasida  50 mln so‘m o‘tkazildi.

Bunga qadar kompaniya tomonidan narxi 2 076 000 AQSh dollarlik TOSHIBA kompyuter tomografi, jigar transplantatsiyasi operatsiyasi jarayonida donor jigarini yuvish uchun xizmat qiladigan va narxi 230 000 AQSh dollarini tashkil qilgan LIVER ASSIST uskunasi, tomirlaraaro ultratovush tadqiqotlar (VSUZI) olib borishga mo‘ljallangan narxi 112 000 AKSh dollarni tashkil etgan Ilumien Optis uskunasi va uning butlovchi qismlari xarid qilingan va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik ilmiy-amaliy markaziga beg‘araz tarzda taqdim etilgan edi.

Bundan tashqari ko‘p yillardan buyon Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida farzandlari davolanayotgan muhtoj oilalar uchun har oy kompaniya tomonidan muntazam tarzda dori-darmonlar xarid qilinmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top