14:33 / 14.08.2020
7083

«Arsenal» Villian transferini e'lon qildi

«Chelsi»ning sobiq yarimhimoyachisi Villian «Arsenal» a'zosiga aylandi.

«Kanonirlar» ushbu braziliyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma tuzilgani haqida e'lon qilgan. Erkin agent sifatida klubga kelib qo‘shilgan futbolchi 12-raqamli futbolkada to‘p suradi.

Avvalroq uning «Arsenal»dagi haftalik maoshi miqdori 220 ming funtni tashkil etishi xabar qilingandi.

2019/20 yilgi mavsumda Villian «Chelsi» safida APLning 36 o‘yinida maydonga tushib, 9 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

Futbolchi «Chelsi»da 2013 yildan buyon o‘ynab kelayotgandi. U klub bilan ikki marta Angliya chempionatida g‘olib bo‘lgan va bir marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan.

Shu yozda «Chelsi» bilan shartnomasi yakuniga yetgan 32 yoshli futbolchi klubning 2 yillik shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgandi.

Top