12:01 / 17.08.2020
27259

Tojikistonda yangi o‘quv yili boshlandi

Tojikistonda 17 avgust kunidan yangi o‘quv yili boshlandi.

Foto: reachtheworld.org

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon o‘quvchilar, talabalar, ustozlar va o‘qituvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, murojaat yo‘lladi.

An'anaviy tarzda 1 sentyabrda boshlanadigan yangi o‘quv yili koronavirus pandemiyasi tufayli 2 hafta oldinga ko‘chirildi. Avvalgi o‘quv yili ertaroq yakunlangani va ta'tillar cho‘zilib ketgani bois, shunday qaror qabul qilindi. Yangi o‘quv yili barcha ta'lim dargohlarida «Tinchlik darsi» bilan boshlandi.

Davlat rahbari bergan ma'lumotga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tojikistonda 9ta prezident maktabi, 75ta gimnaziya va 71ta litsey faoliyat yuritmoqda. Ularda ta'lim olayotgan o‘quvchilar soni 97 mingdan oshgan. Umumta'lim kasb-hunar muassasalari soni 75ga yetgan, ularda 90 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olyapti. Oliy ta'lim muassasalari soni 40ta, ularda 227 ming talaba ta'lim olmoqda. Shuningdek, 35 mingga yaqin tojikistonlik talabalar xorijdagi ta'lim muassasalarida tahsil olishmoqda.

Yangi o‘quv yili bilan tabriklar ekan, prezident ta'lim sifatiga ham e'tibor kuchaytirish lozimligini ta'kidladi.

«Ta'lim sifatini ta'minlash xalqaro ta'lim sohasi maydoniga kirish yo‘llaridan biridir», - dedi Emomali Rahmon.

Top