18:06 / 17.08.2020
15367

Yilning eng yaxshi smartfonlari e'lon qilindi

OnePlus kompaniyasi smartfoniga Snapdragon 865 chipi, 6,78 dyuymli OLED-displey, sakkiz gigabayt tezkor xotira, to‘rtta obektivli kamera o‘rnatilgan.

Foto: OnePlus

OnePlus 8 Pro yilning eng yaxshi smartfoni deb topildi. Bu haqda Expert Imaging and Sound Association (EISA) assotsiatsiyasi ma'lum qildi.

 Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, OnePlus kompaniyasi smartfonida eng ilg‘or texnoligiya va qoyilmaqom dizayn mujassam. Qurilmaga Snapdragon 865 chipi, 6,78 dyuymli OLED-displey, sakkiz gigabayt tezkor xotira, to‘rtta obektivli kamera o‘rnatilgan.

 Oppo Find X2 Pro eng mukammal smartfon deb e'lon qilindi. Mutaxassislar uning charmdan tayyorlangan korpusi, AMOLED-ekrani va uchtalik kamerasini e'tirof etishdi. Ularning fikricha, Find X2 Pro premium toifadagi qurilmalar ichida ajralib turadi.

«Eng yaxshi mobil kamera» yo‘nalishida to‘rtta obektivli Huawei P40 Pro g‘olib deb topildi.

Samsung Galaxy Z Flip eng yaxshi buklama telefon, Sony Xperia 1 II multimedia uchun mo‘ljallangan eng yaxshi smartfon deb baholandi.

Huawei Watch GT 2 eng yaxshi smart soat deb e'lon qilindi.  

 2019 yilda Huawei P30 Pro eng yaxshi, OnePlus 7 Pro eng mukammal smartfon deb topilgandi.

Mavzuga oid
Top