13:40 / 19.08.2020
2863

7 oyda 3592 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi 

Joriy yilning 7 oyida respublika bo‘yicha 3592 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi. 

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabariga ko‘ra, bu «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, Vazirlar Mahkamasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amalga oshirildi.

Vazirlik ma'lumotida aytilishicha, himoya orderlari hududlar kesimida quyidagicha berilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi -119 nafar;

  • Andijon - 196 nafar;
  • Buxoro - 319 nafar;
  • Jizzax - 116 nafar;
  • Qashqadaryo - 403 nafar;
  • Navoiy -178 nafar;
  • Namangan - 160 Nafar;
  • Samarqand - 201 nafar;
  • Sirdaryo - 110 nafar;
  • Surxondaryo - 121 nafar;
  • Toshkent viloyati - 355 nafar;
  • Xorazm -193 nafar;
  • Farg‘ona - 313 nafar;
  • Toshkent shahar - 808 nafar.
Top