09:12 / 19.08.2020
3354

7 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi

2019 yilning shu davrida 595 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 610 ming tonna.

Foto: Maksim Troitskiy

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyul oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 595,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 610,6 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi. 2019 yilda 626,4 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 580,4 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-iyul oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (407,7 ming tonna) biroz oshirdi - 422 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-iyul oylarida tabiiy gaz qazib olish 28,9 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (35,2 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 835,6 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (1,22 mln tonna).

Top