12:40 / 19.08.2020
19331

«Bemor bilan kontaktdan keyin belgilar kuzatilmasa, maxsus dorilar qabul qilish tavsiya etilmaydi» - shtab a'zosi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nargiza Nurullayeva kasallik belgilari va maxsus dorilar qabul qilish jarayoni o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida aytib o‘tdi.

Foto: Getty Images

«Bemor bilan kontaktdan keyin, koronavirus infeksiyasining belgilari kuzatilmagan hollarda maxsus dorilar qabul qilish tavsiya berilmaydi. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarga ko‘ra COVID-19ning profilaktikasi uchun samarali profilaktik vositalar mavjud emas. Faqatgina himoyalanish chora–tadbirlariga rioya etish, immunitetni tabiiy yo‘llar bilan ko‘tarish va mustahkamlash tavsiya beriladi», - dedi Nargiza Nurullayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Bundan tashqari, boshqa ko‘plab savollarga javob berildi. Jumladan, murojaatlardan birida ko‘pchilik insonlar tanachalarga qarshi tahlil topshirayotgani, bu qanchalik to‘g‘ri va majburiy ekani so‘ralgan.

«COVID-19 mavjud bo‘lgan insonlarning immun tizimi infeksiyaga oqsil ishlab chiqaradi va bemorlar qonida ushbu oqsil virusga hujum qilishi mumkin, demak antitanachalar paydo buladi. Qonda antitanachalarning topilishi, hozirgi vaqtda COVID-19 bor yoki yo‘qligini yoki avval mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. 

Aniq tahlil o‘tkazish davolanishga muhtojlarni yoki infeksiyani tarqalishini oldini olish maqsadida yakkalash zarur bo‘lgan insonlarni aniqlash imkonini beradi. 

Aholi orasida COVID-19 mavjud bo‘lganlarni o‘z vaqtida aniqlay olmaslik (demak yolg‘on manfiy natija), o‘z vaqtida davo ko‘rsatishni kechiktirishi va atrofdagilarga infeksiyani tarqalish xavfini oshirishi mumkin», - deya javob berdi Nargiza Nurullayeva.

COVID-19  mavjud bo‘lmaganda noto‘g‘ri identifikatsiya qilish (yolg‘on musbat natija) keyinchalik behuda test o‘tkazishga, davolanish va insonlar va ularni yaqinlarini izolyatsiya qilishga olib keladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top