21:28 / 19.08.2020
2835

Qatar Airways o‘z mijozlariga ishlatilmagan chiptalar uchun 1,2 milliard dollar qaytarib berdi

Qatar Airways aviakompaniyasi mart oyidan beri 600 ming mijoziga pandemiya sababli ishlatilmagan chiptalar qiymatini qaytarib berdi. Mijozlarga qaytarilgan pullarning umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarni, ya'ni bir chiptaga o‘rtacha 2 ming dollarni tashkil qilgan.

Foto: AFP

Qatar Airways’ning tijorat bo‘yicha direktori Saymon Tolling-Smitning ta'kidlashicha, ushbu to‘lovlar kompaniya moliyaviy ko‘rsatkichlariga zarba bo‘lgan, biroq “aviakompaniya bu zarbani yengib o‘tish uchun yetarlicha kuchlidir hamda mijozlari va hamkorlari oldida mas'uliyatli bo‘lishi lozim”.

Pullar ularning qaytarilishi uchun ariza berilgandan keyin 30 kun davomida qaytarilgan. Bundan tashqari, Qatar Airways 36 foiz mijozini chiptalarni 10 foizlik bonusga ega vaucherlarga almashtirishga ko‘ndira olgan.

Kompaniya yangi chiptalarga talabni jonlantirish uchun mijozlar uchun qulay sxemani taklif qilmoqda: endilikda chiptani 2 yil oldin sotib olish, unda parvoz sanasini ko‘p marta bepul o‘zgartirish, bir davlat chegarasida parvoz amalga oshiriladigan shaharni va chiptada oxirgi manzil sifatida dastlab ko‘rsatilgan shaharni undan 8 ming kmgacha uzoqlikda joylashgan boshqa shaharga o‘zgartirish mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top