09:22 / 19.08.2020
4331

YPX maskanidan giyohvandlik vositasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 12 avgust kuni soat 21:00da Namangan shahrida joylashgan “Angor” YPX nazorat maskanida, Namangan-Pop yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan fuqaro A.K.ga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, unda yo‘lovchi sifatida kelayotgan 39 yoshli T.T.ning o‘rindig‘i tagidan, qora rangli polietilen paket parchasiga o‘ralgan, jigarrang o‘tkir hidli, sof og‘irligi 482,62 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, T.T. mazkur giyohvandlik vositasini 2 mln. so‘m haq evaziga Yangiqo‘rg‘on tuman markazida “A” ismli shaxsdan Pop shahri markazida kutib turgan o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsga yetkazib berish uchun olib ketayotganligini bildirgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha T.T.  ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, mazkur jinoyatga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Top