16:51 / 20.08.2020
25012

O‘zbekistonda iyul oyida o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli oshishi qayd etildi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning 7 oyi davomida qayd etilgan o‘lim holatlari statistikasi bo‘yicha ma'lumot berdi, deb yozadi O‘zA.

Foto: Depositphotos

Unga ko‘ra, 2020 yil yanvar-iyul oylarida 92 026 kishi vafot etgan bo‘lsa, iyul oyida ayniqsa ko‘proq o‘lim qayd etilgan.

  • Yanvar – 11 136
  • Fevral – 13 693
  • Mart – 12 633
  • Aprel – 11 613
  • May – 11 792
  • Iyun – 13 790
  • Iyul – 17 369

«Joriy yil 6 oy davomida qayd etilgan o‘limlar soni 2019, 2018 yillardagi 6 oy ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq. Jumladan, joriy yilning 6 oyida (yanvar-iyun) 74 657 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, 2018 yilning 6 oyi davomida 75,6 ming, 2019 yilning birinchi yarmida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan», – deyiladi xabarda.

Statistikaga ko‘ra, 2020 yilning 6 oyi davomida oyiga o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi 12,4 ming, 7 oy davomida esa 13,1 mingga teng bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2019 va 2018 yillar mobaynida umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich oyiga 12,9 mingni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top